SEO nima va u qanday ishlaydi — O'zbekiston uchun to'liq qo'llanma

Abdujalilov Dilshod
Abdujalilov Dilshod SEO mutaxassis · 08 June 2026
SEO nima va u qanday ishlaydi — O'zbekiston uchun to'liq qo'llanma

Siz Google'da biror xizmat yoki mahsulot qidirganingizda birinchi sahifada chiqadigan saytlar tasodifan u yerga chiqmagan. Buning ortida SEO marketing va qidiruv tizimlari uchun optimizatsiya ishlari turadi.

Ko'pchilik "SEO nima?", "SEO nima degani?" yoki "SEO haqida ma'lumot" qidiradi. Oddiy qilib aytganda, SEO (Search Engine Optimization) - bu saytni Google, Yandex va boshqa qidiruv tizimlarida yuqori pozitsiyalarga olib chiqish jarayonidir.

Bugungi kunda SEO sohasi internet marketingning eng muhim yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. To'g'ri bajarilgan SEO optimizatsiya saytingizga reklamasiz ham doimiy mijozlar olib kelishi mumkin.

SEO nima va u qanday ishlaydi?

SEO nima degani?

SEO - Search Engine Optimization iborasining qisqartmasi bo'lib, "qidiruv tizimlari uchun optimizatsiya" degan ma'noni anglatadi.

Masalan, foydalanuvchi:

  • "stomatolog Toshkent"
  • "ginekolog qabul"
  • "ingliz tili kurslari"

kabi so'rovlarni qidirganda Google eng foydali va sifatli sahifalarni ko'rsatishga harakat qiladi. SEO mutaxassisining vazifasi aynan shu natijalarda saytni yuqori o'rinlarga olib chiqishdir.

SEO marketing nima?

Ko'pchilik SEO marketing nima degan savol beradi. SEO marketing - bu qidiruv tizimlari orqali mijoz jalb qilish strategiyasi. Reklamadan farqli ravishda SEO orqali kelgan trafik uchun har bir klikga pul to'lanmaydi.

Masalan:

  • Google Ads → pul to'lasangiz trafik keladi, to'xtatilsa - trafik yo'qoladi
  • SEO → sayt yuqori o'ringa chiqsa organik trafik keladi, to'xtatilsa ham oylar davomida natija saqlanadi

Shuning uchun ko'plab kompaniyalar uzoq muddatli rivojlanish uchun SEO ga sarmoya kiritadi. O'zbekistonda bu ayniqsa muhim - raqobat hali past, to'g'ri SEO bilan 1-3 oyda birinchi sahifaga chiqish mumkin.

SEO va SMM o'rtasidagi farq

Internet marketing haqida gap ketganda ko'pincha SMM haqida ma'lumot ham qidiriladi. SMM haqida ko'p so'ralgani bejiz emas - bu ikki yo'nalish bir-biriga o'xshash bo'lsa-da, vazifalari turlicha:

  • SEO - Google va Yandex orqali trafik olib keladi
  • SMM - Instagram, Facebook, Telegram kabi ijtimoiy tarmoqlarda auditoriya yig'adi

SEO orqali foydalanuvchi sizni qidiradi. SMM orqali esa siz foydalanuvchini topasiz. Eng yaxshi natija uchun SEO va SMM birgalikda ishlatiladi.

SEO sohasi nimalardan iborat?

SEO sohasi odatda uchta asosiy yo'nalishga bo'linadi:

Texnik SEO

  • Sayt tezligi (Core Web Vitals)
  • Mobil moslashuv
  • sitemap.xml va robots.txt
  • HTTPS xavfsiz protokol
  • Schema.org belgilash

On-page SEO (Sahifa ichki optimizatsiyasi)

  • Kalit so'zlar to'g'ri joylash
  • Meta title (60 belgigacha)
  • Meta description (160 belgigacha)
  • H1-H3 sarlavhalar tuzilmasi
  • Ichki havolalar

Off-page SEO (Tashqi optimizatsiya)

  • Backlinklar - boshqa saytlardan havolalar
  • Brend eslatmalari
  • Tashqi saytlar orqali ishonch oshirish

Google qanday ishlaydi?

SEO ni tushunish uchun avval Google qanday ishlashini bilish kerak. Jarayon uch bosqichdan iborat:

1. Crawling (saytni o'rganish)

Google'ning maxsus dasturlari - "bot" yoki "crawler" deb ataladi - internetdagi barcha saytlarni avtomatik ravishda aylanib chiqadi. Ular sahifadan sahifaga havolalar orqali o'tib, yangi kontent topadi.

2. Indexing (saqlash)

Topilgan sahifalar Google'ning ulkan ma'lumotlar bazasiga - indeksiga - saqlanadi. Indekslanmagan sahifa qidiruv natijalarida ko'rinmaydi. Shuning uchun sitemap.xml va robots.txt to'g'ri sozlash muhim.

3. Ranking (tartiblash)

Foydalanuvchi biror so'z yozganda, Google 200 dan ortiq omilni hisobga olib, eng mos sahifalarni ko'rsatadi. Ana shu omillarni yaxshilash - SEO ning mohiyati.

O'zbekistonda SEO optimizatsiya ning o'ziga xosligi

O'zbekistonda SEO optimizatsiya boshqa mamlakatlardan farq qiladi:

  • Ikki yozuv - lotin va kirill. "Stomatolog" va "стоматолог" - har biri alohida auditoriya. To'g'ri SEO ikkalasini qamrab oladi
  • Past raqobat - ko'p mavzular hali bo'sh. AQShda yillab kurashiladi, O'zbekistonda esa 1-3 oyda birinchi sahifaga chiqish mumkin
  • Standart vositalar ishlamaydi - Google Keyword Planner o'zbek tilida nol ko'rsatadi. Real ma'lumot olish uchun maxsus yondashuv kerak

SEO kurs kerakmi?

Bugungi kunda ko'pchilik SEO kurs qidiradi. Agar siz marketolog, biznes egasi, dasturchi yoki kontent menejer bo'lsangiz - SEO asoslarini bilish foydali. SEO kurslari orqali kalit so'z tanlash, texnik optimizatsiya va kontent SEO ko'nikmalarini o'rganish mumkin.

Lekin eng yaxshi o'qituvchi - amaliyot. O'z saytingizda optimizatsiya qilib, Google Search Console da natijalarni kuzatib boring.

SEO natijalari qachon ko'rinadi?

  • 1-2 oy - texnik ishlar, Google indekslashtiradi
  • 3-4 oy - birinchi pozitsiyalar paydo bo'ladi
  • 6-12 oy - barqaror organik trafik

IndexNow protokoli orqali yangi kontent darhol qidiruv tizimlariga xabar beriladi - bu indeksatsiyani tezlashtiradi.

Xulosa

SEO nima degan savolga qisqa javob: bu saytingizni Google va Yandexda bepul birinchi sahifaga chiqarish jarayoni. SEO marketing, SMM va texnik optimizatsiya - barchasi birgalikda ishlasa, reklama xarajatlarisiz doimiy mijozlar oqimi ta'minlanadi.

O'zbekiston bozorida SEO ning imkoniyatlari hali to'liq ishlatilmagan. Bu sizning raqobatchiliksiz ustunligingiz.

← Barcha maqolalar